08:50 / 14.03.2017
5526

OAV: Tramp MRBga jangarilarni dronlar yordamida yo‘q qilishga ruxsat berdi

Foto: Getty Images

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi terrorchilikda gumon qilinayotganlarga zarba berishda dronlardan foydalanish huquqini oldi, deb yozmoqda anonim manbalarga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri.

Shu tariqa AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obama boshqaruvi vaqtida MRBga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi. 

Ayni vaqtgacha MRBga dronlardan jangarilarni aniqlashda foydalanishga ruxsat berilgan, ularga zarbalarni esa faqatgina harbiylar bergan. Endi bu huquq MRBga ham berildi. Berilgan zarbalar va ularning samaradorligi haqida hisobot berishga majbur bo‘lgan Pentagondan farqli ravishda, MRB bu masalada hech kimga hisobot berishga majbur emas. MRB va Pentagon vakillari bunga izoh berishmagan.

MRB bu huquqdan fevral oyi oxiridayoq "Al-Qoida" terrorchilik guruhining yetakchilaridan biri Abu al-Xayr al-Masriyni Suriyada yo‘q qilish uchun foydalana olgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Terrorchining yo‘q qilingani ma'lum qilingan, biroq unda MRB ishtirok etgani oshkor qilinmagandi.  

Mavzuga oid
Top