19:40 / 14.03.2017
7674

Respublika aeroportlarida maxsus mashqlar o‘tkazilmoqda

Respublika aeroportlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK asosiy tashkiliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, qidiruv va avariya-qutqaruvni ta'minlash bo‘yicha kompleks mashqlar o‘tkazilmoqda.
 
Bugungi kunga kelib mashqlar Farg‘ona, Andijon, Namangan va Navoiy aeroportlarida o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida shaxsiy tarkibning harakatlanishi, aeroportlarning qutqaruv jamoalari va tegishli idoralarning favqulodda vaziyatlardagi o‘zaro harakatlari ishlab chiqildi. Xususan, undan xabar berish tizimi, ko‘rsatilgan kvadratga kuchlar va vositalarni tashlash, “aviatsiya hodisasi” joyiga qarab harakatlanish, u yerni o‘rab olish, dala gospitalini joylashtirish, yong‘in o‘choqlarini o‘chirish, uchish maydonidan yo‘lovchilar va “avariyaviy” havo kemasini evakuatsiya qilish bo‘yicha harakatlar o‘rin oldi.

Navbatdagi mashqlar “Termiz” aeroportida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top