Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Tokioga rasmiy taşrif bilan bordi. Bu saudiyaliklar qirolining 46 yil içida ilk marta Yaponiyaga kelişi hisoblanadi. Qirolga 1500 kişi hamrohlik qilmoqda, jumladan 25 nafar şahzoda, şuningdek, vazirlar va biznesmenlar. Delegatsiya 10ta samolyot orqali uçgan, samolyotlarga ortilgan yuklarning umumiy hajmi 459 tonna.

Yaponiyadagi Mainichi gazetasining yozişiça, Tokioda delegatsiya uçun 500dan ortiq limuzin xizmat qilgan, Yaponiya poytaxtidagi eng yaxşi mehmonxonalarda 1000dan ortiq nomer oldindan band qilingan.

Xaneda aeroportida 81 yoşli monarxni Yaponiya taxti vorisi şahzoda Naruxito kutib olgan. Saudiyaliklar qiroli Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe hamda mamlakat imperatori Akixito bilan ham uçraşişni rejalaştirgan.

Yaponiya boş vaziri bilan muzokaralarda özaro hamkorlikda iqtisodiy zona tuzilişi haqida e'lon qilinişi, şuningdek, "Yaponiya va Saudiya Arabistoni. 2030 yilgaça istiqbol" iqtisodiy dasturi taqdimoti ötkazilişi kutilmoqda. Rejaga köra, Tokio Ar-Riyodga iqtisodning neftga boğliqligidan qutulişga yordam körsatadi. Xususan, Fors körfazidagi eng yirik monarxik davlat iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalar jalb etiş masalasida hamkorlik qilinadi.

Ma'lumot uçun, Saudiya Arabistonidagi eng yirik neft kompaniyasi bölmiş Saudi Aramco qisman xususiylaştirilişi nazarda tutilgan. Bu kompaniya neft zaxiralari hamda xomaşyo qazib oliş körsatkiçlari böyiça dunyoda birinçi örinda turadi. Uning qiymati 781 milliard dollarga baholangan.

Saudiya Arabistoni taxti vorisi va Mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Tokioga ötgan yilning avgustidayoq taşrif buyurgan va Abe bilan iqtisodiy hamkorlik dasturi böyiça ilk qadamni taşlagandi. Qayd etiş kerakki, Yaponiya - Saudiya Arabistoni neftini eng köp miqdorda xarid qiladigan davlatlardan biri hisoblanadi.