18:49 / 14.03.2017
26486

O‘qituvchi o‘quvchilarni smartfonlarni suvga tashlashga majbur qildi

Xitoydagi maktablardan birida ta'lim beruvchi o‘qituvchi o‘quvchilariga kutilmagan usulda saboq berdi. RT shu haqidagi maqola va video bilan bo‘lishdi. 

Gap shundaki, o‘quv muassasi nizomiga ko‘ra, darslarga telefon olib kelish taqiqlanadi. Biroq o‘quvchilar darsga smartfonlari bilan kelishgan va bu birinchi bunday holat bo‘lmagan. O‘qituvchi o‘quvchilarga tanbeh berib, ularni o‘z smartfonlarini chelakdagi suvga tashlashga majbur qilgan. Bu holatni kim tasvirga tushirgani esa - noma'lum.

Mavzuga oid
Top