07:45 / 14.03.2017
5147

WikiLeaks Merkel ortidan kuzatuv olib borilgani haqidagi ma'lumotlarni chop etishi mumkin

WikiLeaks yaqin soatlarda AQSh maxsus xizmatlarining Germaniya kansleri Angela Merkel ortidan kuzatuv olib borgani haqidagi hujjatlarni chop etishi mumkinligini bildirib qo‘ydi.

O‘tgan haftada WikiLeaks Markaziy razvedka boshqarmasining kiberrazvedka markazi ichki tarmog‘ida saqlangan 8,7 mingta hujjatni chop etgandi. Sayt bu hujjatlar MRB tarixida ma'lumotlarning eng yirik sizib chiqishining birinchi qismi ekanligini aytgan.

"AQShdagi milliy xavfsizlik doiralarida WikiLeaks MRB va Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan Merkelning tinglanishi haqidagi ko‘plab hujjatlarning dushanba kechki vaqt (13 mart ) yoki ertaga (14 mart) chop etilishi mumkinligi vahima bilan muhokama qilinmoqda", deb ma'lum qilgan WikiLeaks tvitterda.    

Sayt maxfiy hujjatlarga iqtibos keltirgan holda AQShning Frankfurt-Mayndagi konsulligi MRBning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi "xakerlik" markazi vazifasini bajarishini ma'lum qildi.

Sayt xodimlarining fikricha, MRB xakerlariga diplomatik pasportlar berilgan va ular AQSh Davlat departamenti tomonidan panalangan. Ularga AQSh konsulligiga nima uchun kelganlari haqidagi savolga texnik maslahat berish bilan shug‘ullanishlarini aytish tavsiya qilingan.

Top