00:37 / 15.03.2017
16504

2016 yilda 86 nafar mansabdor shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi

Illyustrativ surat

2016 yilda Toshkent shahar adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan davlat tashkilotlarining 77 nafar mas'ul xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan 7 nafar mansabdor shaxs egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

13ta noqonuniy buyruq bekor qilingan, 86 nafar mansabdor shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, sudlarga kiritilgan da'vo arizalari natijasida fuqarolarga 236.682.000 so‘m miqdorida yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar summasi undirib berilgan.    

Masalan, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi, 8-uyda yashovchi fuqaro F. Hakimovaning mazkur tumanida joylashgan 111-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yozgan shikoyati ko‘rib chiqish jarayonida, fuqaro F.Hakimova 2012 yilning 6 martdagi 62-sonli mehnat shartnomasiga ko‘ra, 111-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga tarbiyachi lavozimiga ishga qabul qilingani, biroq 2016 yilning 1 iyuldagi 46-sonli buyruqqa asosan F.Hakimova uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilgan. Kiritilgan taqdimnomaga ko‘ra,111-sonli MTMning 2016 yilning 1 iyuldagi 46-sonli F.Hakimovani boshqa lavozimga o‘tkazish haqidagi buyrug‘i noqonuniy bo‘lgani sababli bekor qilingan va F.Hakimova avvalgi lavozimiga qaytarilgan hamda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi sababli 111-sonli MTM mudirasi M.Umarovaga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.  

Xuddi shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Mudin QFYda yashovchi fuqaro R.Haydarovning Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan talabalar safidan chetlashtirishganidan norozi bo‘lib, adliya boshqarmasining “ishonch telefoni”ga qilgan murojaatini ko‘rib chiqish jarayonida institut tomonidan R.Haydarov noqonuniy ravishda talabalar safidan chetlashtirilgani aniqlangan, shunga ko‘ra, kiritilgan taqdimnomaga asosan institutning mazkur buyrug‘i bekor qilindi hamda qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan To‘qimachilik fakulteti dekani A.G‘ulomovga va Marketing bo‘limi boshlig‘i X.Hazratkulovga nisbatan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.

Mavzuga oid
Top