08:07 / 15.03.2017
5382

AQShda qor bo‘roni tufayli 4 kishi halok bo‘ldi

AQShdagi kuchli qor bo‘roni tufayli kamida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Politsiyada ta'kidlanishicha, 16 yoshli qiz  Nyu-Gempshir shtatining Gilford shahrida yomon ob-havo tufayli yuz bergan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi Miluoki shtatida halok bo‘lgan, biroq ularning o‘limlari tafsilotlari keltirilmagan.

Massachusets shtatida qor tozalovchi mashina haydovchisi temir yo‘l izlarini qordan tozalayotgan poyezd bilan to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lgan.

Oldinroq AQShning shimoli-sharqida qor bo‘roni tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilingandi.  

Mavzuga oid
Top