20:08 / 15.03.2017
13101

«Barselona» yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda

«Barselona» rahbariyati Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Usmon Dembelening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Kataloniyaliklar sport direktori Robert Fernandes futbolchini joriy mavsum avvalida sotib olishni qattiq istagandi. Ammo Dembelening o‘zi Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri safiga o‘tish o‘rniga nemis klubini ma'qul ko‘rgandi. Dembele bu qarorini muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida qabul qilgani bilan izohlagan. Fernandes bilan ko‘rishganida ham futbolchi shu gapni kataloniyaliklar vakiliga aytib o‘tgan. Ammo shunga qaramasdan «Barselona» yana bir bor futbolchini sotib olishga urinib ko‘rmoqchi.

Dortmundliklar Dembele  uchun Fransiyaning «Renn» klubiga 15 million yevro to‘lashgan. Joriy mavsumda Germaniya chempionatida 23 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi 6ta gol kiritgan va 10ta golga assistentlik qilgan.

Top