18:16 / 15.03.2017
7956

Damashqda kun davomida ikkinchi portlash sodir etildi, qurbonlar soni ortmoqda

Suriya poytaxti Damashq shahridagi sud binosi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 nafarni tashkil etmoqda, jarohatlanganlar soni kamida 60 nafar. Bu haqda Suriya Adliya vaziriga asoslangan holda Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Bundan avvalroq SANA telekanali bu portlash 25 kishini hayotdan olib ketgani haqida xabar tarqatgandi.

Xudkush terrorchi sud binosiga kirmoqchi bo‘lganida uni politsiya xodimi to‘xtatgan va u o‘zini portlatib yuborgan.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan Damashqning boshqa bir nuqtasida portlash ro‘y berdi. Ar-Rabva tumani hududida sodir etilgan ikkinchi terakt talofatlari haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top