07:33 / 15.03.2017
7044

YeChL. «Yuventus» yana penalti tepib, g‘alaba qozondi

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda «Yuventus» o‘z uyida «Portu»ni qabul qildi.

Birinchi uchrashuvda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan turinliklar bu uchrashuvda ancha xotirjam harakat qilishdi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Maksi Pereyra qo‘polligi uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Belgilangan penaltini esa Paulo Dibala aniq amalga oshirib hisobni ochdi.

Bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va «Yuventus» Italiyadan chorak finalga chiqqan yagona jamoa bo‘lib qoldi

YeChL, 1/8 final
Javob uchrashuvlari

Yuventus (Italiya) – Portu (Portugaliya) 1:0 (1:0)
Gol:
 Dibala (42, penalti).
Yuventus: Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Benatiya (Bardzali, 60), Markizio, Xedira, Kuadrado (Pyatsa, 46), Dibala (Rinkon, 78), Mandjukich, Iguain.
Portu: Kasilyas, Felipe, Layyun, Pereyra, Markano, Oliver Torres (Otavio, 70), Danilu Pereyra, Andre Andre, Braimi (Diogu Jota, 67), Andre Silva (Boli, 46), Soaresh.
Ogohlantirishlar: Kuadrado (12), Layyun (30), Andre Andre (36).
Chetlatish: Pereyra (40, Portu).
Dastlabki uchrashuv: 2:0

Top