Prezident qarori asosida 4 litsey yopiladi, 54 litsey kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Qaror matni O‘zA saytida keltirilgan.
Qarorning birinchi ilovasiga muvofiq, moddiy-texnik va o‘quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali to‘rtta akademik litseyni tugatish, ularning 1-bosqichlariga o‘quvchilarni qabul qilishni 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatish belgilangan.
Ammo aynan qaysi litseylar yopilishi ma'lum qilinmagan.
Shuningdek, ta'lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 54ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi.
"Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta'lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda", deyilgan qarorda.
Kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2- va 3-bosqich o‘quvchilari o‘qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta'lim yo‘nalishi o‘xshash bo‘lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 1411ta kasb-hunar kollejida yoshlar bir nechta ixtisoslik bo‘yicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.
Shuningdek, oliy ta'lim muassasalari qoshida 144ta akademik litsey tashkil etilgan bo‘lib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va san'at yo‘nalishlari bo‘yicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda.
Ushbu maskanlarni har yili o‘rtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi. Prezident mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt” – AQSh elchisi
O‘zbekiston | 09:46
-
Kim Chen In «imperialistik qaroqchilar»ga qarshi mo‘ljallangan kemani suvga tushirdi
Jahon | 09:43
-
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 09:38
-
Shifokor gazli ichimlik suyaklar va qon tomirlari uchun zararli ekanini aytdi
Jahon | 09:32
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025