22:44 / 15.03.2017
11673

Toshkent viloyati hokimi Rossiya viloyatlaridan birining gubernatori bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev 15 mart kuni Rossiyaning Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko bilan uchrashdi.

Tomonlar uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishdi. Ular, shuningdek, viloyatlar o‘rtasida qardoshlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida bitim tuzishga qiziqish bildirishdi. 

Drozdenko Rossiya tomonidan Leningrad viloyati va Toshkent viloyati tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, savdo tarmoqlari orqali meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, sayyohlik sohasida o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish hamda O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish borligini ta'kidlab o‘tdi. 

Drozdenko Toshkent viloyati bilan hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida agrosanoat majmuasi, sayyohlik, korxonalar, ta'lim va madaniyat muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va sport sohasida almashishlarni aytdi. 

Shukurillo Boboyev Rossiya tomonini meva-sabzavot mahsulotlarini zarur miqdorda yetkazib berish, Rossiya kompaniyalariga "Angren" erkin iqtisodiy hududida biznesni tashkillashtirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishi, viloyatlar o‘rtasida madaniy-tarixiy va sayyohlik aloqalarini yanada rivojlantirishga ishontirdi.   

Uchrashuvda 2016 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Leningrad viloyati o‘rtasida savdo aylanmasi 20,9 mln dollarni tashkil qilgani aytib o‘tildi.

Top