Jahon | 14:34 / 15.03.2017
5257
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya janubida portlash tufayli 2 askar halok bo‘ldi

Turkiya Qurolli kuchlarining ikki nafar harbiysi mamlakat janubi-sharqidagi Mardin viloyatida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘ldi. Dogan ma'lumotiga ko‘ra, portlash avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma masofadan turib harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan.

Hodisa Diyorbakir-Mardin avtotrassasida ro‘y bergan. Bu hududda turkiyalik harbiylar Kurdiston Ishchilar partiyasiga qarshi amaliyotlar o‘tkazmoqda.

Hodisa joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelishgan, qurbonlar soni ortishi xavfi mavjud. 

Mavzuga oid