19:33 / 16.03.2017
12487

Chorsuda maktab o‘quvchisini tunamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

2017 yil 12 mart kuni Namangan viloyatining Namangan shahrida  joylashgan Chorsu bozori hududida 2000 yilda tug‘ilgan akademik litsey o‘quvchisiga nisbatan noma'lum shaxs kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan yonida bo‘lgan 740.000 so‘m puli va  Alcatel PH13 rusumli qo‘l telefonini tortib olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kun.uz’ga xabar qildi.

Mazkur jinoyatni fosh etish bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, jinoyatni Namangan shahar S.Adashev ko‘chasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan A.T. (ismi shariflari o‘zgartirilgan)  sodir etgani aniqlanib, ushlangan.  

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top