22:32 / 16.03.2017
21690

Yana Galaxy S8: Samsung qurilmasining sifatli "jonli" suratlari

Avvallari taqdimotlarni o‘zgacha bir ishtiyoq bilan kutilar edi, endi esa namoyishdan oldingi kamchiliklar mahsulot haqida xulosa chiqarish va uni sotib olish yo olmaslikka doir bir qarorga kelish imkonini beradi. Weibo taqdim etgan Samsung Galaxy S8 smartfonining yangi suratlari gadjyetni detallarda ko‘rib chiqish imkonini beradi. 

Bundan avval Samsung Galaxy S8'ning videosi namoyish qilingandi. Shuningdek insayderlar Samsung Galaxy S8 va  S8 Plus qurilmalarining xususiyatlari haqida ma'lumot berishgan edi. 

Yangi suratlar yuqori sifatli bo‘lib, ularda qora korpusli telefonni har tomondan ko‘rish mumkin:

Samsung Galaxy S8 va S8 Plus taqdimoti 29 martda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi - bu rasman ma'lum qilingan. Aytgancha, muhim hodisa oldidan Samsung Galaxy S7 va S7 edge'ning rasmiy riteyldagi narxlari keskin pasaydi. 

Mavzuga oid
Top