19:19 / 16.03.2017
6654

CITY PALACE “Toshissiqquvvati”dan o‘z haqini undirdi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi tomonidan “CITY PALACE” MChJning “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi xodimlari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, korxonaga noto‘g‘ri hisoblangan 65 406 146,27 so‘m miqdoridagi ortiqcha qarzdorlik summasi olib tashlandi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi tomonidan “CITY PALACE” MChJning Yunusobod tumani Elektr tarmoqlari unitar korxonasi xodimlari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, korxonaga noto‘g‘ri hisoblangan 31 647 046,70 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i qaytarildi.

Top