21:23 / 16.03.2017
21173

Fazliddin G‘oibnazarov rasman professional boksga o‘tdi

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi faoliyatini boshlaydi. «Olamsport» ma'lumotiga ko‘ra, u afsonaviy promouter Bob Arumga tegishli mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan rasman shartnoma imzolagan.

Bob Arum ko‘plab jahon chempionlari qatorida filippinlik mashhur Menni Pakyaoga ham homiylik qilgan promouter hisoblanadi.

Qayd etish joizki, Oskar De La Xoyya ham Fazliddin G‘oibnazarovga hamkorlikda ishlash taklifini bergandi.

G‘oibnazarov shu kunlarda murabbiyi Abror Tursunpo‘latov bilan birga AQShda bo‘lib turibdi va mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun to‘rtinchi oltin medalni taqdim etgan Fazliddin G‘oibnazarov mamlakat boks termasini olimpiya o‘yinlari yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida peshqadam bo‘lishini ta'minlagandi. Bu esa bokschining «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlanishiga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top