15:28 / 16.03.2017
8801

Inson huquqlarini olgan daryo haqida eshitdingizmi?

Yangi Zelandiyadagi Uonganui daryosi dunyodagi inson huquqlarini olgan ilk daryoga aylandi, deb xabar bermoqda Guardian gazetasi.

Uonganuilik mahalliy maori qabilasi daryoning o‘zining ajdodi deb hisoblaydi va uni tirik jonzot deb tan olishlari uchun 140 yil davomida kurashib keldi.

Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan yangi qonunda Uonganuiga yetkazilgan zarar qabilaga yetkazilgan zararga tenglashtirildi. Bundan tashqari, daryo ikkita vasiyga ega bo‘ldi: mamlakat hukumati va qabila.

Yangi Zelandiyada daryoga inson huquqlarini berish bo‘yicha sud jarayoni mamlakat tarixidagi eng uzun jarayonga aylandi, deb xabar qiladi Guardian. Nashrning yozishicha, endilikda boshqa mahalliy qabilalar ham ular uchun muqaddas bo‘lgan tabiiy obektlarni tirik jonzotlarga tenglashtirishlarini talab qilishlari mumkin.

Top