14:50 / 16.03.2017
5668

Interpol Kim Chen Nam ishi bo‘yicha KXDRning 4 fuqarosiga qidiruv e'lon qildi

Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (Interpol) KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan Shimoliy Koreyaning 4 nafar fuqarosini qidiruvga berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Malayziya politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra Interpol KXDRning 4 fuqarosi bo‘yicha qizil xabarnoma tarqatgan.

10 mart kuni Malayziya politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakr poytaxt aeroportida o‘ldirilgan shaxs chindan ham KXDR yetakchisining akasi Kim Chen Nam ekanligini tasdiqladi.

Malayziya bosh vaziri Najib Tun Razzoq bu qotillikda KXDR hukumatini rasman aybladi. 

Bundan oldinroq Malayziya Interpolga Kim Chen Namning o‘ldirilishida gumon qilinayotganlarni qidiruvga berish haqida talabnoma yo‘llagandi.

Mavzuga oid
Top