Qashqadaryoning Chiroqchi tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Ravshan Komilov Mirishkor tumani rahbarligiga o‘tkazildi, Rustam Azimov Jo‘raqobilovich esa Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda "Qashqadaryo gazetasi".
Bundan tashqari, G‘uzor tumani hokimi Shomurod Donayev lavozimidan ozod etildi, Fozil Qulmatov tuman hokimi etib tayinlandi.
Faxriddin Do‘stmurodov Qamashi tumani hokimi etib tayinlangan.











