19:11 / 16.03.2017
7769

Jizzaxlik ishsiz aliment to‘lovchilarga batafsil tushuntirish berildi

2017 yil 14 mart kuni Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tuman Transport va sanoat kasb-xunar kolleji binosida “Iqtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur yarmarkada Sh.Rashidov tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, bandlikka ko‘maklashish markazi, sud ijrochilari, kasb hunar kollejlari bitiruvchilari hamda qarzdor aliment to‘lovchilar qatnashishdi. Bu haqda tuman hokimiyati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilarga tumandagi barcha bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, bitiruvchi talabalar va ishsiz aliment to‘lovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytarildi, ishlash istagi mavjud bo‘lgan fuqarolarga shu joyning o‘zida yo‘llanmalar berilishi ta'minlandi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari bo‘sh ish yurinlari bo‘yicha tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan batafsil tanishtirib o‘tildi.

Tadbir davomida Sh.Rashidov tuman prokurori Barno Umarova so‘zga chiqib, ishsiz aliment to‘lovchilar doimiy ravishda ishga joylashtirib borilishi, ish bilan band bo‘lgan to‘lovchilar o‘rtasida aliment qarzdorligi kelib chiqmasligini, shuningdek aliment to‘lovchilarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarini ishtirokchilarga alohida ta'kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida har bir hududda shu kabi tadbirlar doimiy amalga oshirib borilishi bir ovozdan ma'qullandi.

Top