14:21 / 17.03.2017
5259

Abdulaziz Komilov YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktorini qabul qildi

2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Mixael Georg Linkni qabul qildi. U YeXHT DIIHBning O‘zbekistonga tashrif buyurgan delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va YeXHT DIIHB o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, o‘tgan yili navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini monitoring qilish uchun tarkibida uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilari bo‘lgan DIIHBning to‘liq delegatsiyasi ishtirok etdi. Missiya uchun barcha sharoitlar yaratilib, saylov jarayonini to‘liq kuzatish uchun ularga barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va saylov uchastkalarida bo‘lish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston saylov tizimini mustahkamlash va mukammallashtirish masalalarida hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon S.MakGregor ishtirok etdi.

Top