10:54 / 17.03.2017
4971

Davlat departamenti Donbass qamali muammosini tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirdi

AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Mark Tonerning bayonot berishicha, Donbassning qamali qilinishi bilan bog‘liq muammo tinch yo‘l bilan hamda Ukraina hududiy yaxlitligi saqlangan holda hal etilishi kerak. Bu haqda departament saytida so‘z yuritilgan. 

«Biz Ukraina sharqidagi qamal bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz va ushbu muammoning tinch va Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari hududida hududiy yaxlitligiga putur yetkazmaydigan usulda hal etilishi zarurligini ta'kidlamoqchimiz», — degan Toner. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Minsk kelishuvlarini hurmat qiladi va Donbass qamaliga doir vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Top