10:51 / 17.03.2017
5752

Xitoy va Pokiston xavfsiz iqtisodiy yo‘lak yaratish haqida kelishib oldi

Xitoy va Pokiston ikki davlat o‘rtasida xavfsiz iqtisodiy yo‘lak yaratishga yordam beradi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.

"Xitoy va Pokiston milliy mudofaa hamda xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni faollashtirishi kerak. Bu ikki tomonlama iqtisodiy yo‘lakni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi", - deya Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaolining bayonotidan iqtibos keltiradi nashr. U shunday fikrni Pekinda Pokiston armiyasi shtabi boshlig‘i Qamar Javod Bajva bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha bildirdi.

Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, Xitoy-Pokiston munosabatlarining yanada rivojlanishi nafaqat ikki xalq farovonligiga, balki dunyo va mintaqadagi barqarorlikka ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Uning xabar berishicha, Xitoy oliy darajadagi o‘zaro harakatlarni faollashtirishga tayyor hamda Pekin va Islomobodning xalqaro va mintaqaviy xarakterga ega masalalar bo‘yicha pozitsiyalarining muvofiqlashtirishi juda muhim. 

O‘z navbatida, Bajvaning ta'kidlashicha, Pokiston qo‘shinlari iqtisodiy yo‘lak hududida xavfsizlikni ta'mirlashda faol ravishda ko‘mak beradi.

Pekin va Islomobod uzunligi 3 ming kilometr keladigan iqtisodiy yo‘lak yaratishni rejalashtirmoqda, u Pokistonning Gvadar portini Xitoyning Sintszyan shahri bilan shosse va temir yo‘li, shuningdek quvurlar tizimi orqali bog‘laydi. Xitoy u orqali Fors ko‘rfazidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berilishida ancha arzon va qisqa yo‘nalishga ega bo‘ladi, shuningdek Yaqin Sharq va Afrikaga o‘z mahsulotlari eksportini osonlashtiradi.

Top