23:01 / 17.03.2017
9041

Nazarboyev saylovlar haqidagi savolga hazil javob berdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va xalqaro OAV vakillari bilan uchrashuv vaqtida "Mamlakatda muddatdan avvalgi parlament saylovlarini kutish kerakmi?" degan mazmundagi savolga javob berdi. Ushbu holat aks etgan video Oq o‘rdaning Facebook’dagi rasmiy saytida joylashtirildi.

"Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar haqida qonun qabul qilingan. Hukumat va parlamentga qo‘shimcha vakolatlar berilgan. Muddatdan avvalgi saylovlar bo‘ladimi?", deb Nazarboyevdan qiziqib ko‘rgan "Kazinform" axborot agentligi rahbari Asel Tulegenova.

"Bitta yaxshi ibora bor – saylovlar va uylanishdan keyin har doim ham istagan narsangni olavermaysan. Odamlar yangi saylovlarni namuncha istaydilar, axir parlament 2021 yilgacha saylangan, u o‘z muddatini to‘liq ishlaydi", deb javob bergan Nazarboyev. 

Top