23:46 / 17.03.2017
5765

Silvio Berluskoni bilan birga ovqatlanish imkoniyati 70 ming yevroga sotildi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni bilan birga kechki ovqat tanovul qilish imkoniyati auksionda 70 ming yevroga sotildi. Il Messaggero nashrining ma'lum qilishicha, siyosatchi bilan birga kechani o‘tkazish imkoniyatini eng ko‘p pul taklif qilib italiyalik ayol sotib olgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, Berluskoni fevraldayoq ushbu lotni CharityStars internet-platformasiga qo‘ygan edi. U olingan mablag‘larni 2016 yilda Italiyadagi zilzilada jabr ko‘rganlarga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Bir necha kun ichida sobiq bosh vazir uchun 20 tadan ko‘proq taklif bildirilgan. Siyosatchi uchun dastlabki narx birdaniga 30 ming yevrogacha ko‘tarilib ketgan va bu narxni xitoylik taklif qilgan.

Hozircha kechki ovqat qachon o‘tishi noma'lum, biroq shunisi ma'lumki, u Berluskonining Arkoredagi shaxsiy villasida bo‘lib o‘tadi.

Oxirgi vaqt Berluskoni sharhlovchilar kuzatuvi ostida uning odamlarga yaqinligini ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy kampaniya olib bormoqda. U yaqinda Milan chekkasidagi "Makdonalds" restoranida payqalgan. Berluskoni shuningdek bir necha jamoat aksiyalarida ishtirok etgan. O‘tgan yili 80 yoshini qarshilagan sobiq vazir keyingi parlament saylovlarida o‘ng sentristik koalitsiyaga boshchilik qilish istagini yashirmayapti.

Mavzuga oid
Top