11:55 / 17.03.2017
16350

Toshkent va Olmaotani "Tulpor-Talgo" tezyurar poyezdi o‘zaro bog‘laydi

O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyalari ikki mamlakatning yirik shaharlari hisoblanuvchi Toshkent va Olmaota o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Kompaniyalar, shuningdek, imkoniyati cheklangan va ularga hamrohlik qilayotganlarga chipta narxi borasida ikki tomonlama 70 foizlik chegirma taqdim etishga qaror qilishgan. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Qozog‘iston temir yo‘llari milliy kompaniyasi» AJ rahbariyatlarining uchrashuvi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘l yuklari va yuklarni tashish tartibi hamda №1/2 "Olmaota – Toshkent – Olmaota" yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi yo‘lovchi poyezdining reys jadvaliga oydinlik kiritildi. Bu haqda «Qozog‘iston temir yo‘llari milliy kompaniyasi» matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

"Navro‘z bayrami arafasida №1/2 "Olmaota – Toshkent – Olmaota" yo‘nalishida xalqaro poyezd qatnovi amalga oshiriladi. U keng kuzovli "Tulpor-Talgo" vagonlaridan tashkil topgan. Poyezd Olmaotadan dushanba va shanba kunlari yo‘lga chiqadi va 16 yarim soatdan so‘ng Toshkentga yetib keladi. O‘zbekiston poytaxtidan seshanba va yakshanba kunlari Qozog‘istonga yo‘l oladi. U qatnov yo‘lida O‘tar, Chu, Taroz, Chimkent, Sariog‘och va Toshkent stansiyalarida to‘xtaydi", - deya ma'lum qilgan kompaniya. 

Top