17:57 / 18.03.2017
12321

Erdo‘g‘an: “Turkiya Respublikasi – turk xalqi tarixidagi birinchi davlat emas”

Turkiya Respublikasi – bizning davlatchiligimiz tarixidagi birinchi mamlakat emas. Biz Usmonlilar davlati, turk-saljuqlar davlati, hamda turklar tomonidan minglab yillar davomida tashkil etilgan barcha davlatlarning merosini yodda saqlab kelmoqdamiz, deya ma'lum qildi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Chanaqqaledagi jangga 102 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda chiqish qilib.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning barchasi – turk xalqining umumiy merosidir. Davlat rahbari shuningdek mamlakat xavfsizlik kuchlari xodimlariga minnatdorchilik bildirdi. «Aynan ularning sa'y-harakatlari tufayli bugun terrorchilar Judi, Tenderuk va Bestler tog‘laridagi g‘orlarda yashirinishga majbur», - deya ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidenti Niderlaniya hukumatining xatti-harakatiga ham o‘z munosabatini bildirdi.

«Niderlandiya hukumati xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzib, Turkiya vakillarini mamlakatning Rotterdamdagi bosh konsulligi binosiga kiritmadi. Hech kim vazirga o‘z mamlakati diplomatik missiyasiga kelishini taqiqlay olmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi prezident. U Niderlandiya hukumatining mojaroli siyosati davom ettirilsa, Turkiya ham shunga javoban choralarni ko‘rishi haqida ogohlantirdi.

«Niderlandiya hukumati Turkiya TIV rahbarining Rotterdamga tashrifini taqiqladi. Shu bilan birga, ayol-vazir Niderlandiyadan chiqarib yuborildi. Asli kelib chiqishi turkiyalik bo‘lganlarga itlarni qo‘yib yuborishmoqda, otliq politsiyani ro‘baro‘ qilishmoqda. Germaniya kansleri esa Haaga pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi. Bularning bari juda afsuslanarli», - dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiya va Germaniya hukumati pozitsiyasi o‘rtasida hech qanday farq yo‘q.

Shuningdek, Turkiya rahbari shunday dedi: «Nima uchun G‘arb Turkiyadagi konstitutsiyaviy referendum bo‘yicha tayyorgarlik ishiga aralashmoqchi? Sababi oddiy – G‘arb mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar nimalarga olib kelishini yaxshi tushunadi. Ular bir asr avval turklar Chanaqqaledagi jangda bosqinchilarni tor-mor keltirganliklarini yaxshi tushunadi. G‘arb o‘shanda bizning davlatni «kasal mamlakat» deya atagandi».

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiyaviy o‘zgarishlar Turkiyada yangi muvaffiyatlar, yangi g‘alabalarga olib keladi.

Top