09:49 / 18.03.2017
42606

Namanganda “Telegram” firibgari qo‘lga olindi

Bugungi kunda firibgarlar jinoyatlar sodir etishning yangicha usullaridan foydalanishmoqda. Namangan shahrida yashovchi Bekzod ham antiqa firibgarning tuzog‘iga ilindi. O‘z hamshahri A.B. uning ishonchiga kirib, narxi 580.000 so‘mlik Samsung S-3 rusumli telefoniga “Telegram” o‘rnatib beraman” deb, olib shu kunga qadar bermay kelayotganligi uchun ichki ishlar organlariga murojaat etdi. Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kun.uz’ga xabar qildi

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish joizki, fuqarolarimiz har qanday kishining gaplariga ishonavermasdan, “Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi” naqlini mag‘zini chaqib, o‘z pullari yoki moddiy qimmatliklarini o‘zgalarga ishonib topshirishda hushyor va ogoh bo‘lganlarida, bu kabi firibgarliklarni oldi olingan bo‘lardi. 

Top