Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Merkel bilan ko‘rishgan suratini e'lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Facebook sahifasida Germaniya federal kansleri Angela Merkel bilan, uning Oq uyga rasmiy tashrifi chog‘ida ko‘rishgani aks etgan suratni joylashtirdi.
«Bugun men uchun kansler Merkelni Oq uyda qarshi olish sharaf bo‘ldi. Xalqlarimizning umumiy jihatlari juda ko‘p va bizning ittifoqimiz butun dunyo uchun timsoldir», — deyiladi suratga berilgan izohda.
Avval xabar berganimizdek, Tramp Oval xonada jurnalistlar va Germaniya kanslerining iltimosiga qaramay Merkel bilan ko‘rishmagan edi.
Ikki davlat rahbarlarining Oval xonada ko‘rishishi an'anaga aylangan. Hozircha, bu Amerika yetakchisining ko‘rishishni xohlamagani yoki jurnalistlar iltimosini eshitmagani bilan bog‘liqmi, noma'lumligicha qolayapti.
Mavzuga oid
22:12 / 13.03.2026
AQSh Yaqin Sharqqa 5000 dengiz piyodasi va qo‘shimcha kemalarni yuboradi
21:50 / 13.03.2026
Rossiya neft eksportiga qo‘llanayotgan cheklovlar yumshatildi
21:44 / 13.03.2026
Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti endi o‘zini qiziqtirmasligini aytdi
18:11 / 13.03.2026