Tramp Oq uydagi uchrashuvdan so‘ng Merkel bilan ko‘rishmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘nggi suratga tushish jarayonida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan qayta ko‘rishmadi, deb yozmoqda Politico nashri.
Muzokaralardan so‘ng, ikki mamlakat yetakchilari Oval xonada fotosuratchilarga kirishga ruxsat berishdi. Jurnalistlar ulardan ko‘rishishni so‘rashdi, biroq Amerika rahbari iltimosga e'tibor bermadi. Merkel hamkasbiga biroz egilib, qayta ko‘rishishni so‘radi, ammo Tramp bu safar uning taklifini javobsiz qoldirdi.
Ikki mamlakat rahbarlari muzokaralar avvalida, prezident Tramp Merkelni Oq uy qarshisida kutib olganida ko‘rishishgan edi.
Qator OAV Tramp Oval xonadagi shovqinda Merkelning taklifini eshitmay qolgan bo‘lishi mumkinligini inkor etishmayapti. Ayrimlari u Germaniya kanslerining qo‘lini ushlashni "xohlamagan"i haqida yozmoqda.

Aytish joizki, fevral oyida AQSh prezidentining Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan shu kabi suratga tushish jarayonida buning aksi bo‘lgandi. O‘shanda Tramp Abening qo‘lini 20 soniyalar ushlab turgan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida

19:59 / 07.12.2021
Dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida 11 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi

09:41 / 05.12.2021
Merkel Germaniya xalqiga so‘nggi bor murojaat qildi

10:29 / 03.12.2021