14:09 / 19.03.2017
14447

Golovkinga boksdan ketishni maslahat qilishdi

Qozog‘istonlik aralash jang san'atlari ustasi Kuat Xamitov Gennadiy Golovkin va Deniel Jyeykobs o‘rtasidagi jangdan keyin, g‘olib chiqqan vatandoshini tabrikladi. U Golovkin faoliyatini yakunlash vaqti kelgani haqida fikr bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik sportchiga qarshi jangda kuchlar teng bo‘lgandi. Hakamlar esa 12 raundlik jang yakunida g‘alabani Golovkinga berishdi va u professional faoliyatidagi 37-jangida ham g‘alaba qozonib, yengilmas bokschi maqomini saqlab qoldi. 

«Raundlar bo‘yicha 5-7, Jeykobs foydasiga, nokdaun ham bo‘ldi.  Kamida durang bo‘lishi kerak edi! Mana nima uchun Golovkin - Uord bahsini ko‘rmayapmiz. Gene boksdan ketishi kerak! U ketadigan yoshda», - deya instagramdagi sahifasida fikrlarini qoldirgan Xamitov.

Mavzuga oid
Top