20:41 / 19.03.2017
36646

Muslima ayol sudda ateist erini mag‘lub qildi

Foto: © akg-images / Werner Forman/EAST NEWS

Britaniyalik kishi musulmon diniga e'tiqod qiluvchi sobiq turmush o‘rtog‘iga qarshi sud jarayonida mag‘lub bo‘ldi. Gap shundaki, sudya o‘g‘lining musulmonlar maktabida o‘qishini istamagan ateist-otaning da'vosini rad etdi. Bu haqida The Independent xabar berdi.

London Oliy sudi qarori bilan britaniyalik va uning sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘g‘li kelgusi yildan islomiy o‘rta maktabda ta'lim oladi. O‘zini "anglosakson ateist" deya tan oluvchi ota farzandining dunyoviy ta'lim olishi uchun kurashgan, biroq sudya uning da'vosini rad etgan.

Ismi oshkor qilinmagan kishi o‘g‘lining onasi istaganidek faqat o‘g‘il bolalar o‘qiydigan islomiy maktabga chiqishiga mutlaqo qarshi bo‘lgan. Britaniyalik ota musulmonlar ta'lim muassasasini masjiddagi maktab deb atagan. 

Ateist-otaning advokati sobiq er-xotinning dunyoqarashi turlicha bo‘lgani va uning himoyasidagi kishi farzandining neytral muhitda ta'lim olishini xohlashini aytgan. 

Britaniyalik kishi musulmon ayol bilan 9 yil davomida qonuniy yashagan. Ayolga uylangach, u islom dinini qabul qilgan, biroq ajrimdan keyin buni inkor qila boshlagan. Juftlik ajralib ketgach, bola onasi bilan yashagan va islomiy tarbiya olgan. 

Mavzuga oid
Top