Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ikki so‘z bilan Putinga ta'rif berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali boshlovchisi iltimosiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ikki so‘z bilan ta'riflab berdi.
"Men uni bilmayman, biroq unga uncha-bunchaning tishi o‘tmaydi. Men u Rossiya uchun qanday ekanligini bilmayman, biroq vaqti kelib buni bilib olamiz", deb aytgan Tramp. AQSh prezidenti Putinga nisbatan so‘zma-so‘z tough cookie (tosh yong‘oq) iborasini ishlatgan.
Boshlovchi Trampdan yana bir necha odamga ta'rif berishni iltimos qilgan. Jumladan, Tramp o‘zining maslahatchisi Killian Konveyni "juda yoqimtoy ayol", Xillari Klintonni "hafsalasi pir bo‘lgan" deb ta'riflagan. Tramp musiqiy klipida unga o‘xshab kiyinib olgan masxarabozga o‘q uzgan rep ijrochi Snup Dogga ta'rif berarkan, artistning "faoliyati yakun topayotgani" sababli undalgan bunday xatti-harakatini hech kimga, kimligidan qat'iy nazar, qo‘llab bo‘lmasligini aytgan.
Mavzuga oid
14:31 / 19.02.2026
Mers Putin bilan munosabatlar normallashishini «deyarli istisno etdi»
20:11 / 18.02.2026
Putin yana ikki yil urushishni rejalashtirmoqda – NYT
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026