16:39 / 20.03.2017
3789

Ekstremistik roliklar tufayli Google xizmatlariga reklama joylashtirishdan bosh tortishdi

Britaniyadagi kiyim ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri bo‘lmish Marks & Spencer Google kompaniyasi xizmatlariga reklama joylashtirishdan bosh tortdi. Sky News xabariga ko‘ra, bunga kompaniya tasarrufidagi YouTube videohostingiga ekstremistik xarakterdagi materiallar joylashtirilgani sabab hisoblanadi.

"Brend manfaatlari uchun biz Google platformalaridagi faoliyatimizni to‘xtatamiz", deyilgan kompaniya xabarida.

Xuddi shu sabab bilan shunday qaror Royal Bank of Scotland (RBS Group), HSBC va Lloyds kabi banklar, Britaniyadagi McDonald's bo‘limi tomonidan ham qabul qilingan.

Top