01:18 / 20.03.2017
19140

Noma'lum erkak Tramp xonasiga kirib, u yerda selfiga tushdi

Noma'lum erkak AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘riqchilari yonidan bildirmasdan o‘tib ketib, uning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohidagi ishchi xonasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Erkak xonada selfiga tushgach, u yerni tark etgan. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.   

Erkak Trampning xonasida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda chop etgan va unga "Selfi qilish uchun maxsus xizmat yonidan o‘tib ketdik. Ular bizga u yerga bormasligimizni aytishlari mumkin edi" deb izoh qoldirgan.

Erkak keyinroq bu postini o‘chirib tashlagan, biroq uning surati internetda tarqalib ketishga ulgurgan va noma'lum kishiga AQSh prezidenti xonasiga kirishga ijozat bergan maxsus xizmat ishiga ko‘plab savollar tug‘dirgan.

Avvalroq maxfiy xizmat agentining mashinasidan milliy xavfsizlikka tegishli muhim ma'lumotlar saqlangan noutbuk o‘g‘irlab ketilgandi. O‘g‘ri hanuzgacha topilmagan. 

Mavzuga oid
Top