16:10 / 20.03.2017
10830

Tayvan: Xitoy ballistik raketalarini shay holatga keltirdi

Foto: Reuters

Tayvan ma'muriyati Xitoy hukumatining o‘rta masofalarga ucha oladigan "Dunfen-16" (DF-16) ballistik raketalarini shay holatga keltirgani haqida bayonot bermoqda. Pekin orolga tahdid solish maqsadida shunday qilgan. 

Tayvan markaziy axborot agentligi (CNA) ma'lumotlariga ko‘ra, bu haqda Tayvan milliy mudofaa vazirligi vakili Fen Shikuan xabar qilgan. Uning aytishicha, raketa "orolga aniq zarba bera oladi". 

Fen Shikuanning qayd etishicha, Tayvan zarur bo‘lib qolganda oroldan 40-70 km uzoqlikda "bu kabi raketalarni aniqlab, urib tushirish imkonini beruvchi Patriot (PAC-3) zenit-raketa to‘plamlariga egadir". Biroq, u Pekinning qayerdagi ballistik raketalarini shay holatga keltirganiga oydinlik kiritmagan.

Mavzuga oid
Top