18:27 / 20.03.2017
6093

«Tottenhem» 95 yildan buyon qayd etmayotgan natijasiga erishdi

«Tottenhem» Angliya premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan «Sauthempton»ga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu «shporlar» jamoasining APL doirasida o‘z uyida ketma-ket qo‘lga kiritgan o‘ninchi g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa bir mavsumda bunday natijani so‘nggi marta 1921/22 yilgi mavsumda qayd etgandi. O‘shanda jamoa 11 uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozongan.

Pochettino shogirdlari so‘nggi marta o‘z uyida 2016 yilning 29 oktabrida «Lester»ga qarshi uchrashuvda (1:1) ochko yo‘qotgan.

Hozirda 28 uchrashuv o‘tkazgan «Tottenhem» APL turnir jadvalida 59 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid
Top