09:48 / 20.03.2017
14034

Tramp Kim Chen In “o‘zini juda, juda yomon tutayotganini” ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp shimoliy koreyaliklar yetakchisi Kim Chen In KXDR tomonidan yangi raketa dvigateli sinovdan o‘tkazilishi fonida “o‘zini juda, juda yomon” tutayotganini ma'lum qildi.

Fox News’ning xabar berishicha, Tramp Floridadagi o‘z qarorgohini tark eta turib, jurnalistlarga bu haqda aytgan.

“Sizlarga shuni aytishim mumkinki, u o‘zini juda yomon tutmoqda”, - deya ta'kidlab o‘tdi Tramp.

Shuningdek AQSh rahbarining ta'kidlashicha, KXDRga bag‘ishlangan bir qator uchrashuvlarni o‘tkazdi, biroq u maslahatchilari bilan aynan nimalarni muhokama qilganiga oydinlik kiritmadi.

Avvalroq Tramp Twitter’dagi sahifasida Shimoliy Koreya xatti-harakatini tanqid qilgandi.

Ma'lumot uchun, 19 mart kuni KXDR o‘zining yangi raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi.

Xabarlarga ko‘ra, Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan Shimoliy Koreya tahdidi masalasini muhokama qilgan.

Mavzuga oid
Top