13:33 / 21.03.2017
8266

Dubayda yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-pri: O‘zbekiston vakillari qanday qatnashmoqda?

Joriy yilning 20-26 mart kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a'zolari - yengil atletikaning yadro uloqtirish turi bo‘yicha Semenova Natalya 2 o‘rinni (kumush) egallagan bo‘lsa, Sultonov Elbek 14.30 sm. natija bilan 3 o‘ringa (bronza) ega chiqdi.

Mazkur musobaqada hamyurtlarimiz yana yadro uloqtirish, nayza uloqtirish va disk otish bahslarida ham ishtirok etadilar.

Ma'lumot uchun, ushbu Gran-prida 50ga yaqin davlatdan kelgan 400dan ortiq sportchilar kuch sinashmoqda.

 

Top