18:56 / 21.03.2017
18622

Fotoreportaj: Andijonda Navro‘z shukuhi

Diyorimizga qutlug‘ qadamlar bilan yosharish ramzi Navro‘zi olam kirib keldi. Xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bahor ayyomi vatandoshlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangan. 

Andijon  viloyatining barcha tumanlarida bo‘lib o‘tgan sayillarda aholi vakillari ko‘tarinki ruhda ishtirok etdilar. Bugun Andijon shahrining to‘rtta – Alisher Navoiy nomli bog‘, Bolalar bog‘i, Kamolot bog‘i hamda Bog‘i Boburda xalq sayillari o‘tkazildi. Xiyobonlar, dam olish maskanlari yaqinlari, farzandlari bilan shodiyonada ishtirok etish uchun chiqqan insonlar bilan to‘lib toshgan. Bog‘ishamoldagi “Bog‘i Bobur” maskanida el suygan san'atkorlar, tumanlarning xalq jamoalari, folklor guruhlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish qilindi.       

E'tiboringizga, bayram shodiyonalari aks etgan fotolavhalarni havola etamiz. 

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.

Top