Berdaq nomidagi Qoraqalpoq universiteti rektori Murotbay Jumanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda hukumat portali.
Murotbay Jumanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Mahkamasida yoshlar siyosati, ijtimoiy soha va ma'naviy-marifiy ishlarga boshchilik qiladi.
Jumanov o‘z mehnat faoliyatini stajyor lavozimidan boshlagan. So‘ngra Qoraqalpoq universiteti o‘qituvchisi yordamchisi, kafedra boshlig‘i, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan.
Jumanov 47 yoshda. U O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi a'zosi hisoblanadi. Uylangan, 4 nafar farzandi bor.