19:01 / 21.03.2017
19778

Ukrainalik edi, o‘zbekka aylandi: Oleg Sokolov O‘zbekistonga “oltin” keltirdi

18-19 mart kunlari Finlyandiyaning Turku shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichining “V” toifasidagi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini Oleg Sokolov himoya qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Italiya, Finlyandiya, AQSh, Rossiya, Germaniya, Shvetsiya, Avstriya, Panama, Honkong, Xitoy Taypeyi, Venesuela va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 90 nafar sportchi orasida terma jamoa a'zosi shamshir (shpaga) bo‘yicha bellashuvlarda barcha raqiblarini ortda qoldirib shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. 

Qilichbozimiz Oleg Sokolov jahon kubogining navbatdagi bosqichida oltin medalga sazovor bo‘ldi

E'tiborlisi, mazkur musobaqa Oleg Sokolov uchun 2017 yildagi ilk start edi va u ajoyib g‘alaba bilan boshlandi. 

Ma'lumot uchun, Oleg Sokolov avval Ukraina terma jamoasi safida musobaqalarda qatnashgan.

Top