21:22 / 22.03.2017
5207

AQShda samolyotlarda elektron qurilmalarning taqiqlanishi IShID taktikasi bilan bog‘langan

 

 

AQSh hukumati IShID terrorchilik guruhi qo‘llayotgan yangi taktikalar haqidagi xabarlardan keyin samolyotlarga elektron qurilmalarning olib chiqilishini cheklab qo‘ydi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh maxsus xizmatlari IShID jangarilari yo‘lovchi reyslariga elektron qurilmalar ichiga yashirilgan portlovchi moddalar olib o‘tmoqchiligidan xabar topgan. 

AQSh kongressi vakillar palatasi a'zosi Erik Suolvellning ma'lum qilishicha, hukumat jangarilar AQSh avialiniyalari reysida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lganidan xabardor.

Avvalroq AQSh o‘nlab davlatlardan keluvchi samolyotlar bortiga elektron qurilmalar olib chiqishni taqiqlagani ma'lum qilingandi. Ushbu taqiqlov noutbuklar, planshetlar va ma'lum o‘lchamdagi mobil telefonlarga taalluqli.

Top