19:48 / 22.03.2017
17973

Dollarning rasmiy kursi 3548 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2017 yil 23 martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

23 martdan e'tiboran 1 AQSh dollari 48 so‘m 10 tiyinga o‘sib, 3548 so‘m 11 tiyinga yetgan.

1 yevro qiymati esa 3801 so‘m 58 tiyin (14 martdagi kursga nisbatan 91 so‘m 14 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli 61 so‘m 99 tiyin (14 martdagi kursga nisbatan 2 so‘m 89 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top