23:19 / 22.03.2017
11253

Foto: Vazir o‘rinbosari jarohatlangan politsiyachiga yordam ko‘rsatmoqda

Britaniya parlamenti deputati, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tobias Ellvud maqtovga sazovor ishi bilan britan nashrlari qahramoniga aylandi.

U parlament oldida terrorchi hujumiga uchrab, og‘ir jarohat olgan politsiyachiga yordam ko‘rsatishga uringan. U politsiyachiga birinchi tibbiy yordam berib, uning yuragini massaj qilgan.

Olingan suratlarda deputatning yuziga qon sachrab ketganini ko‘rish mumkin.

Ammo uning urinishlari foyda bermagan, politsiyachining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

Top