Light | 08:07 / 22.03.2017
19992
2 daqiqa o‘qiladi

Keksa ayol va uning 20 mingta o‘yinchog‘i

Foto: Reuters

Belgiya poytaxti Bryussel shahrida yashovchi Katrin Blumenni ushbu mamlakatdagi (ehtimol, Yevropadagi ham) eng katta o‘yinchoqlar kolleksiyasi egasi deyish mumkin. 86 yoshli ayolning La Derniere Heure nashriga aytishicha, kolleksiya yig‘ish fikri qo‘ng‘iroqchalardan boshlangan bo‘lib, keyinchalik u yumshoq o‘yinchoqlarni ham yig‘a boshladi.

«Bularning bari mendagi bor narsalar. Turmush o‘rtog‘im, o‘g‘lim vafot etdi. O‘yinchoqlar menga xuddi farzandlardek», - deya aytib o‘tdi keksa yoshli ayol. U so‘nggi vaqtlarda uydan chiqishga qiynalmoqda hamda kolleksiyani eski-tuski mollar sotiladigan bozorlardagi mahsulotlar orqali to‘ldirmoqda.

Blumen uyni bir haftada bir marta tozalaydi hamda o‘yinchoqlarni bir joyga boshqa yerga ko‘chirib qo‘yadi. Eksponatlarning aniq soni noma'lum, biroq ehtimoliy raqam – 20 mingdan ko‘proq. «Yangi» o‘yinchoqlar esa ularni tashlab yuborish niyatida bo‘lgan kishilar tomonidan olib kelinadi, ular keksa yoshli ayolni mahalliy gazetalardagi e'lon orqali topib olishadi.

Quyida keksa yoshli ayolning noodatiy kolleksiyasi tasvirlarini taqdim etamiz. 

Avvalroq 25 yoshida 1679ta sigir tasvirlangan o‘yinchoqlarni yiqqan fransiyalik Emelin Dyuotu haqida yozgandik.

Mavzuga oid