11:09 / 22.03.2017
4615

Milliy Paralimpiya terma jamoasi Dubaydagi Gran-Prida ishtirok etmoqda

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha Gran-Pri bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda 50ga yakin davlatdan 400dan ortiq sportchilar kuch sinashmoqda. 26 martga qadar davom etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. 

21 mart kuni terma jamoa a'zolaridan ikki nafari sovrindorlar safidan joy oldi. Yadro uloqtirish bo‘yicha tashkil etilgan bahslarda Natalya Semenova 2-o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlangan, Elbek Sultonov 14,30 metr natijasi bilan 3-o‘rinni band etgan va bronza medaliga loyiq ko‘rilgan. 

Musobaqa davomida oldinda O‘zbekiston vakillarini yadro, nayza va disk uloqtirish bahslari kutib turibdi.

Top