10:20 / 22.03.2017
8104

OAV: Shimoliy Koreyaning muvaffaqiyatsiz sinovida birdaniga bir necha raketa uchirilgan

Shimoliy Koreya navbatdagi raketani uchirdi. Yaponiyaning Kyodo News gazetasi hukumatdagi manbalarga asosan xabar berishicha, Pxenyan birdaniga bir necha raketani sinovdan o‘tkazdi.

Amerika qo‘mondonligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, raketalar uchirilishi muvaffiyatsiz bo‘lgan. Raketalar uchirilganidan so‘ng bir necha soniya o‘tib portlab ketdi.

Shimoliy Koreya 2017 yilning 6 mart kuni noma'lum raketani Yapon dengizi tomon takroran uchirdi. Shu bilan birga, KXDR rahbariyati, yadro davlati maqomiga muvofiq tarzda o‘z mudofaasini kuchaytirishi haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top