20:48 / 22.03.2017
38849

To‘rt oyoq bilan tug‘ilgan qizning parazit egizagi olib tashlandi

Foto: Reuters

Kot-d'Ivuarda to‘rt oyoq va ikki umurtqa pog‘onasi bilan tug‘ilgan qizcha Chikagodagi murakkab jarrohlik shifoxonasida parazit egizagidan muvaffaqiyatli ajratildi. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi

O‘n oylik Dominika Illinoys shtati Parke-Rijdagi Advocate Children's bolalar shifoxonasida besh nafar jarroh ishtirokidagi 6 soatlik operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Hozirda u Chikagodagi oilasi bilan birga. 

"Hammasi yaxshi ketmoqda, u shifoxonada bor-yo‘g‘i besh kun bo‘ldi. Hozirda u chikagolik onasi bilan birga va o‘zini juda yaxshi his qilmoqda", - dedi pediatr va rekonstruktiv jarroh Frenk A. Vikari.

Dominika parazit egizagi bilan tug‘ildi. To‘liq rivojlanmagan egizagi tananing pastki qismi Dominikaning bo‘yin va yelka sohalaridan chiqib qolgan. 

"Parazit egizak - bu to‘liq rivojlanmagan egizak", - deydi shifoxonadagi bolalar neyrojarrohi Jon R.Ruge.

Shifokorlar Dominikaning familiyasini oshkor qilishni istashmadi.

Dominika AQShga jarrohlik amaliyoti uchun kelganidan buyon unga Nensi Svabb g‘amxo‘rlik qilmoqda. 

"Dominika juda yaxshi qiz. U bizning oilamizda bo‘lganidan juda mamnunmiz", - dedi Svabb.

"Biz ko‘p suratlar yo‘llayapmiz, Dominikaning oilasi uning nima qilayotgani, ikki yangi tishi chiqqani va turli harakatlarini ko‘rishini yaxshi bilamiz".

Svabb Dominika bilan xayrlashish haqida o‘ylagisi ham kelmaydi.

"U bizning qalbimizdan joy oldi. U oilamiz a'zosidir", - dedi Svabb.

Top